
"Surxon"ning sobiq ustozi yangi jamoada ish boshladi
O‘tgan yili “Surxon” jamoasiga bosh murabbiylik qilgan ispaniyalik Anxel Lopes u erdan ketganidan beri hali biror klub boshqaruvini o‘z qo‘liga olmagandi. Bu safar esa mutaxassis qulay taklifni tanladi.
Ma’lum bo‘lishicha, Lopes Kipr chempionati ishtirokchisi – “Etnikos Axna” klubi bosh murabbiyi etib tayinlandi.
Bu xususida uning o‘zi Sports.uz jurnalistiga aytdi. Tomonlar 2024 yilning iyun oyiga qadar shartnoma imzoladilar.
Fikrlar