Suv polosi. Terma jamoalarimizning qit’a chempionatidagi raqiblari ma’lum

  • 19 oktabr, 2022, 18:01
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Suv sporti
CHERY AUTO

Suv polosi bo‘yicha Osiyo chempionatida ishtirok etadigan O‘zbekiston erkaklar va ayollar terma jamoasining raqiblari ma’lum bo‘ldi.

Tecno

Milliy Olimpiya qo‘mitasi matbuot xizmatining xabar berishicha, 7-14 noyabr kunlari Tailandning Samutprakan shahrida ushbu sport turi bo‘yicha qit’a birinchiligi bo‘lib o‘tadi. Musobaqada jami 18 ta jamoa ishtirok etadi. Erkaklar bahsida 11 ta mamlakat termalari 2 guruhga bo‘lingan holda chempionatni boshlaydi. Yigitlarimiz unda “A” guruhidan o‘rin olgan. 7 ta ayollar jamoasi esa yagona guruhda aylana tizimida o‘tadigan bellashuvlarda g‘oliblik uchun kurashga kirishadi.

Vakillarimiz joy olgan guruhlar bilan tanishing:

Ayollar: O‘zbekiston, Yaponiya, Xitoy, Koreya Respublikasi, Tailand, Qozog‘iston, Singapur.

Erkaklar: O‘zbekiston, Eron, Qozog‘iston, Tailand, Koreya Respublikasi, Hindiston.

Terma jamoalarimiz ayni kunlarda Respublika oliy sport mahorat maktabining suzish havzasida mashg‘ulotlarni olib bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!