Taekvondo. Nikita Rafalovich Tayyuan Gran-prisida kumush medalga sazovor bo‘ldi

  • 12 oktabr, 2023, 16:14
  • Javokhir Azimov
  • 0
  • Olimpizm
BEPUL PROPAN

Xitoyning Tayyuan shahrida taekvondo WT bo‘yicha Gran-pri musobaqasi yakunlandi. Bugun turnirning so‘nggi kunida kechgan bahslarda O‘zbekiston terma jamoasi a’zosi Nikita Rafalovich kumush medalga sazovor bo‘ldi.

+80 kg vazn toifasida bahs olib borgan hamyurtimiz musobaqa davomida Tunis, Xitoy, Xorvatiya, Janubiy Koreya vakillarini mag‘lubiyatga uchratdi. Biroq finalda rossiyalik Tokio-2020 Olimpiadasi chempioni Vladislav Laringa 1:2 hisobida imkoniyatni boy berib qo‘ydi va musobaqani ikkinchi o‘rinda yakunladi. Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi mazkur musobaqani 1 ta kumush va 3 ta bronza medali bilan tugatdi.

MOQ matbuot xizmati

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!