Taniqli basketbolchi boksda o‘zini sinab ko‘rmoqchi

  • 19 may, 17:48
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
CHERY AUTO

Milliy Basketbol Assotsiatsiyasining (NBA) sobiq o‘yinchisi va Shimoliy Amerika ligasining 2023/2024 yilgi mavsumdagi eng yaxshi basketbolchisi Maykl Karter-Uilyams o‘zining bo‘lajak jangi haqidagi fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.

"Bu tajriba! Nima bo‘lishini keyin ko‘ramiz. Ayni damda ringga chiqishni, turnirlarda ishtirok etishni juda xohlayman. Bilaman, raqiblar meni nokaut qilishga urinadi, biroq men ham anoyilardan emasman" - deya amerikalikning so‘zlarini keltirdi "TMZ".

Ma’lumot uchun,  2023 yilda nafaqaga chiqqan Maykl 29 may kuni Nyu-York shahridagi xayriya tadbirida havaskorlar jangida Sem Xativ bilan kuch sinashadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!