Taniqli darvozabon Ronalduning jamoadoshiga aylandi

  • 24 iyun, 2024, 00:59
  • Karim Xudayqulov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Voytsex Shensniy "Yuventus"ni tark etishga yaqin. 

34 yoshli darvozabonning "An-Nasr"ga transfer masalasi deyarli hal bo‘ldi, deya xabar berdi "Football Italia" nashri. 

Manba bergan xabarga ko‘ra, Shensniy bu yozda riyodliklar safiga o‘tmoqchi bo‘lmagan. Shunday bo‘lsa-da, yillik 19 millionlik evrolik taklif uni shartnoma imzolashga ko‘ndirgan. 

Qayd etilishicha, "An-Nasr" "Yuventus"ga mazkur transfer uchun taxminan 4 million evro to‘laydi. 

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!