
Taniqli menejer Iliya Topuriyaning kamari uchun 2 ta eng kuchli da’vogarlarni sanab o‘tdi
"Dominance MMA Management" agentligi asoschisi va mashhur menejer Ali Abdel-Aziz UFC engil vazn toifasidagi (70 kg) titul masalasi bo‘yicha o‘z fikrlarini bildirib o‘tdi.
"Hech narsa o‘zgarmadi. Jastin Getji o‘z pozitsiyasida qolmoqda. Uni to‘liq qo‘llab-quvvatlayman. Unga titul jangini berish to‘g‘ri qaror bo‘ladi. Agar Arman Tsarukyanga Jastindan oldin titul uchun jang e’lon qilishsa, bunga ham qarshi emasman. U reytingda birinchi, g‘alabalar seriyasi ham juda kuchli. Biroq Getjinning UFC da qilgan barcha ishlarini hisobga olsak, unga berilishi kerak bo‘lgan eng kami — bu Topuriyaga qarshi chempionlik bahsidir", — dedi Abdel-Aziz.
Eslatib o‘tamiz, Iliya Topuriya — hozirgi vaqtda UFC engil vazn chempioni hisoblanadi. U vakant bo‘lgan kamarni braziliyalik Charlz Oliveyrani mag‘lub etgan holda qo‘lga kiritgan.
Fikrlar