Tayson Fyuri: "Joshua nokaut qilingan qop"

  • 21 sentabr, 2023, 11:38
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Professional boksning og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuriga Entoni Joshua bilan jang qiziq emas.

"Joshuaning gaplarining menga umuman qizig‘i yo‘q. U shunchaki bir qop holos. U 3 kishi tomonidan nokaut qilingan bir qop. Entoni uchta mag‘lubiyatni qabul qilib olgan. Shuningdek, mening yo‘nalishimda ham emas. Bu jang haqida xatto eslash ham qiziq tuyulmayapti. Uni Usik ikki marta taslim qilgan, baqaloq Ruis ham. Ngannu bilan jang qilaman. U ayni damda kuchga to‘la va nokautga yo‘naltiruvchi zarbasi bor", - dedi Tayson Fyuri

Eslatib o‘tamiz, Fyuri navbatdagi jangini sobiq UFC chempioni Frensis Ngannu bilan o‘tkazadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!