Tayson Fyuri Uaylderga: Bu safar...
Og‘ir vaznda sobiq jahon chempioni Tayson Fyuri WBC chempioni Deontey Uaylderga murojaat qildi.
"Men sen bilan jang qilishdan qo‘rqamanmi? Agar qo‘rqsam, sen bilan AQShda jang qilarmidim. Birinchi urinishimda rosa do‘pposlagandim. Hakamlar durang qayd etishdi.
Nega meni qo‘rqadi deb o‘ylayotganingni bilmayman. Avval, Ortiz bilan ishingni hal qilib ol. E’tiborni tortish uchun mening ismimdan foydalanishni to‘xtat. 22 fevralda ko‘rishguncha! O‘ylaymanki, 2018 yil dekabrda boshlagan ishimni yakunlayman.
Bu safar seni ermak qilib uraman, - dedi Fyuri.
Avvalroq, Uaylder va Fyuri o‘rtasidagi revansh kelasi yilning fevral oyiga mo‘ljallanayotganligi e’lon qilingan edi.

Fikrlar