Tayson Fyuri yana qaytmoqda

  • 4 sentabr, 2022, 23:02
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
BEPUL PROPAN

Og‘ir vazn toifasida WBC chempioni Tayson Fyuri yil oxirigacha bitta jang o‘tkazishini e’lon qildi.

"Frank Uorren (promouter) kimni tanlasa ham men unga qarshi WBC kamarimni himoya qilaman. Baribir ularning hammasi axmoqlar",-dedi Fyuri.

Shuningdek, u The Ring kamarini nima uchun vakant qoldirganiga ham izoh berib o‘tdi.

"Bu kamarni vakant qoldirganim sababi, Usikni mag‘lub etib 3 karra The Ring kamari egasi bo‘lgan holda, Muhammad Alining natijasini takrorlamoqchiman",-dedi u.

Eslatib o‘tamiz, Fyuri Deontey Uaylder bilan trilogiyada g‘lib bo‘lgach, o‘z faoliyatini yakunlaganini e’lon qilgan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!