Tayson Fyurini mag‘lub etgan o‘zbek bokschisini bilasizmi?

  • 20.11.2019 19:40
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Hozirgi kunda professional boks olamining super og‘ir vazn toifasidagi eng mashhur vakillaridan biri buyuk britaniyalik Tayson Fyuri ekanligi barchaga ma’lum. U top bokschilar sarasiga kiradi. U havaskor boksda ham bir qator sovrinlarni qo‘lga kiritgan. 2006 yil Marokashning Agadir shahrida bo‘lib o‘tgan, yoshlar o‘rtasidagi jahon chempionatining +91 kg vaznida bronza medalni qo‘lga kiritgandi.

photo_2019-11-20_19-10-28Fyuri yarim final doirasida mag‘lubiyatga uchrab, shohsupaning uchinchi pog‘onasidan o‘rin olishga majbur bo‘lgan. Aynan, uni kim mag‘lubiyatga uchratganini bilasizmi? “Lo‘lilar qiroli” deya e’tirof etiluvchi ushbu britan bokschisi mazkur bosqichda  yurtdoshimiz tomonidan to‘xtatilgan edi.  Darhaqiqat, qo‘qon boksi tarbiyalanuvchisi Sardor Abdullaev uni tom ma’noda mag‘lub qilgan.

Biz ushbu bokschimiz bilan bog‘lanib, mazkur jang haqidagi fikrlarini bilishga qiziqdik...

- Yaxshi jang bo‘lgandi. Uni adashmasam 12 ochko farqi bilan yutgandim. U vaqtda natija qanday tarzda hisoblanishidan xabardor bo‘lsangiz kerak. Yarim final bahsi edi. Finalga etib borganman. Afsuski, hal qiluvchi jangda ruminiyalik  K. Siokanga teng kurashlar ostidagi jangda imkoniyatni boy berib, kumush medalni qo‘lga kiritganman. Bronzani Tayson Fyuri bilan birga yaqinda Aleksandr Povetkin bilan ringga chiqadigan Maykl Xanter qo‘lga kiritgandi.

sar

Eslatib o‘tamiz: "Oltin qo‘lqop" klubi tarbiyalanuvchisi, Mansur Muqimov shogirdi Sardor Abdullaev faoliyati mobaynida yoshlar o‘rtasida jahon chempionati hamda Osiyo chempionati kumush medal sohibi, yoshlar o‘rtasida Osiyo chempionati g‘olibi, xarbiylar o‘rtasida jahon chempionligini qo‘lga kiritgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!