
Tayson Fyurining faoliyatidagi eng kuchli raqib kim bo‘lgan? Bu Usik emas !
Buyuk britaniyalik bokschi Tayson Fyuri karerasi davomida duch kelgan eng kuchli bokschi xaqida gapirdi.
"Agar mendan faoliyatimdagi eng qiyin raqib kim bo‘lganini so‘rashsa, Deontey Uaylder deb javob berardim. U bilan 2018 yilda o‘tkazilgan jangimizni eslaylik. O‘shanda Uaylder qutirgan yirtqich edi. Birgina kichik xato sabab nokautga uchrashimga ozgina qolgandi", - deya Fyurining so‘zlarini keltirdi "BoxingNews24".
Eslatib o‘tamiz, 2018 yil 12 dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Tayson Fyuri va Deontey Uaylder jangida durang (113-113; 114-112; 111-115) natija qayd etilgan.
Fikrlar