TBC Bank va Eldor Shomurodov futbolchilarning yangi avlodini ilhomlantiruvchi hamkorlikni boshladi
Toshkent, O‘zbekiston, 2025 yil 8 dekabr — Mamlakatning eng yirik raqamli banklaridan biri bo‘lgan TBC Bank O‘zbekiston milliy terma jamoasi futbolchisi Eldor Shomurodov bilan yangi hamkorlik loyihasini e’lon qildi. Tashabbus bolalar va o‘smirlarni qo‘llab-quvvatlash, ularga rivojlanish uchun imkon yaratish, o‘zlariga bo‘lgan ishonchni oshirish va katta maqsadlar sari etaklovchi dasturlarni yo‘lga qo‘yishga qaratilgan.
Loyiha doirasida TBC Bank Eldor Shomurodov akademiyasini rivojlantirish va bolalar hamda o‘smirlar futbolini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tashabbuslarni yaratishga sarmoya kiritish ustida ishlamoqda. Rejalashtirilgan yo‘nalishlar orasida qo‘shma sport dasturlari va tadbirlari, media-loyihalar, shuningdek, futbolni bolalar, oilalar va hududlar aholisi uchun yanada qulayroq qilishga yordam beradigan tadbirlar bor.
Eldor Shomurodov loyihaning yuzi va katta futbolni orzu qilgan minglab o‘smirlar uchun namuna bo‘ladi. Birgalikdagi mashg‘ulotlar, mahorat darslari, turnirlardagi ishtiroki va o‘yinchining hujjatli tarixi yangi chempionlar uchun ilhom manbai bo‘ladi. Loyihaning asosiy maqsadi — bolalarga nafaqat maydon va inventar, balki “mahalladan chiqqan iste’dod ham dunyo miqyosidagi futbolchiga aylanishi mumkin” degan ishonchni berishdir. Yoshlar qo‘llab-quvvatlovi, sportni rivojlantirish va hududlarda o‘sish nuqtalarini yaratish TBC Bank va Eldor Shomurodov hamkorligining markaziy vazifalaridan biridir.
TBC Bank Uzbekistan haqida
TBC Bank — O‘zbekistondagi etakchi raqamli banklardan biri bo‘lib, jismoniy va yuridik shaxslarga keng qamrovli raqamli moliyaviy xizmatlarni taqdim etadi. Bank raqamli xizmat ko‘rsatish imkoniyatlarini kengaytirish, operatsiyalar shaffofligi, xalqaro xavfsizlik standartlariga rioya qilish va xizmat sifatini oshirishga alohida e’tibor qaratadi. Uning maqsadi mijozlarining moliyaviy hayotini yanada qulay va sodda qilishdir.
Eldor Shomurodov haqida
Eldor Shomurodov — O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori va terma jamoa tarixidagi eng yaxshi to‘purar. Hozirda Turkiyaning “Istanbul Bashakshehir” klubida to‘p surayotgan “Roma” hujumchisi “Bunyodkor” va “Rostov”dan Italiya A Seriyasigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tgan. Milliy jamoa safida 40 dan ortiq gol urgan, Osiyo Kubogi va 2024 yilgi Olimpiadada ishtirok etgan, ikki marta “Yil futbolchisi” unvoniga sazovor bo‘lgan.
Fikrlar