Tbilisi Gran-prisida Sharofiddan Lutfullaev bugun bahslarga kirishadi

CHERY AUTO

Bugun Gruziya poytaxtida dzyudo bo‘yicha Gran-pri seriyasiga kiruvchi navbatdagi musobaqa start oladi. Tokio Olimpiadasiga qimmatli reyting ochkolarini taqdim etuvchi mazkur turnirning birinchi kun doirasida hamyurtimiz Sharofiddin Lutfullaev bahslarga kirishadi.

Tecno

Qur’aga ko‘ra, -60 kilogramm vazn toifasining jahon reytingining sakkizinchi pog‘onasida turgan dzyudochimiz musobaqada o‘z vaznining birinchi raqamli sportchisi sifatida ishtirok etadi. Yuqori reyting o‘rni sabab birinchi davradan erkin o‘tadi va ikkinchi bosqichda Rustam Ibraev (Qozog‘iston) hamda Daniel ben David (Isroil) bahsi g‘olibi bilan kuch sinashadi.

Yurtdoshimiz mart oyining boshida Marrakesh shahrida o‘tgan Gran-pri turnirida zafar quchdi va hozir ham yuqori sport formasida. Lutfullaev 2015 yili Tbilisi Gran-prisida g‘alabaga erishgan. Eslatib o‘tamiz, musobaqada g‘olib chiqqan dzyudochilar jahon va Olimpiada reytingida 700 ochkoga ega bo‘lishadi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!