
Tchuameni "Real Madrid"ning tarixiy golini kiritdi
Xabaringiz bor, tunda Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" Ispaniya kubogi yarim finalida "Real Sosedad" bilan kuch sinashib, 4:4 hisobidagi durangga imzo chekkan holda, finalga yo‘l oldi (umumiy 5:4). Final bosqichida esa "Atletiko Madrid" va "Barselona" o‘rtasidagi g‘olib bilan to‘qnash keladi.
Gap shundaki, ushbu bellashuvning 3-golini frantsiyalik yarim himoyachi hisoblangan Orelen Tchuameni o‘z hisobiga yozdirib qo‘ydi. Shu orqali, xavbek "Real Madrid" tarixidagi 100-golga mualliflik qildi.
"Qirollik klubi"ning yubiley gollarini kim o‘z hisobiga yozdirib qo‘yganligi haqida batafsil tanishing.
Ma’lumot o‘rnida, "qaymoqranglilar" navbatdagi uchrashuvini 5 aprel kuni "Valensiya"ga qarshi maydonga tushadi. Mazkur to‘qnashuv esa Toshkent vaqti bilan 19:15 da start olishi rejalashtirilgan.
Fikrlar