Tebas: "La Ligadagi raqobat juda yuqori"

  • 13 may, 17:52
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

La Liganing prezidenti Xaver Tebas Superliga loyihasi xavflari haqida gapirdi va mavjud chempionatning raqobatbardoshligini yuqori baholadi.

Tecno

"Futbol Ispaniya YaIMining 1,4 foizini tashkil etadi. Agar Superliga joriy etilsa, Ispaniyada 1,16 milliard evro yo‘qotar edik – bu 32% kamayish degani" – dedi Tebas.

Unga ko‘ra, liganing kuchli jihati — aniq g‘olibsiz, ochkolar bo‘yicha juda tor raqobat. 

"Chempion 90 ochkodan kam to‘plasa, demak, chempionatda haqiqiy kurash bor" – ddeya qo‘shimcha qildi La Liga prezidenti.

Eslatib o‘tamiz, hozirda Xans-Diter Flikning "Barselona"si 35 ta uchrashuvdan so‘ng 82 ta ochko bilan peshqadam bo‘lib turibdi. Ketishi aniq bo‘lib ulgurgan Karlo Anchelotti boshchiligidagi "Real Madrid" esa 75 ochko bilan kataloniyaliklardan keyingi o‘rinni egalladi. Madridning "Atletiko" klubi esa 70 ochko to‘plagan holda, uchinchi o‘rinda bormoqda.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!