Tekinga yulduz futbolchi kerakmi? Shartnomasi tugayotgan APLning 10 yulduzi

  • 22 mart, 2021, 19:25
  • Yahyoxo’ja Ulug’xo’jayev
  • 0
  • Futbol
BEPUL PROPAN

SPORTS.uz “Tumanli albion”dagi sarguzashtlari yakunlanib borayotgan futbolchilar bilan tanishtirib o‘tadi.

Bir necha oydan so‘ng, Angliya chempionatini bir nechta taniqli futbolchilar tark etishi mumkin. Gap shundaki, ularning jamoa bilan tuzgan shartnomasi yil oxirida yakuniga etadi. Shunday ekan, biz ular orasidagi eng taniqli futbolchilardan iborat kuchli o‘nlikni e’tiboringizga havola etamiz.

Xuan Mata

addas

Klub: “Manchester Yunayted”

Yoshi:32

Transfer summasi:6,75 million funt

Ispaniyalik yarim himoyachi joriy mavsumda atigi 4 bor maydonda ko‘rinish berdi, xolos. Shu bois, u o‘yin amaliyoti berishga qodir boshqa jamoa bilan shartnoma imzolashga qaror qilgan. Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, Mata bilan Ispaniyaning bir nechta jamoasi qiziqib qolgan.

“Qizil iblislar” uchun Xuan keraksiz ijrochi. Uning pozitsiyasida hozir Brunu Fernandesh va Pol Pogba ishonchli o‘yin ko‘rsatmoqda. Shunday ekan, katta ehtimol bilan mavsum so‘ngida Mata vataniga qaytib ketadi.

Tyago Silva

afaf32

Klub:”Chelsi”

Yoshi:36

Transfer summasi: 4,05 million funt

Braziliyalik himoyachi so‘nggi turlarda qo‘pol xatolarga yo‘l qo‘ydi. Hozir esa, jarohat olgani uchun safdan chiqqan. Aslida, Silva Lempard jamoada mavsum oxirigacha qolsa, ketmoqchi edi. Endilikda, Parijda birga ishlagan murabbiy – Tomas Tuxel kelgach, fikridan qaytgan bo‘lishi mumkin. Hozircha, uning ketishi haqida fikr bildirishga erta. London klubi mavsum so‘ngida, Tyagoga yana bir yillik shartnoma taklif etishi mumkin.

Mark Nobl

afaf34f

Klub: “Vest Xem”

Yoshi:33

Transfer summasi: 4,05 million funt

15 yildan beri jamoaga sodiq qolayotgan Nobl ham yozda erkin agentga aylanadi. 13 mavsum davomida qatorasiga 2000 daqiqa “Vest Xem” sharafini himoya qilgan yigitni mahalliy muxlislar yaxshi ko‘radi. Nobl ikki bor APLni tark etganiga qaramay, har safar elitaga qaytishni uddalagan.

Katta ehtimol bilan, qahramonimiz kelasi mavsumni boshqa klub safida boshlaydi. Deklan Rays va Tomash Souchek super formada va uni to‘liq asosiy tarkibdan siqib chiqardi. Futbolchining o‘zi ham buni rasman tasdiqladi.

“Old Trafford”ga “Vest Xem” libosida so‘nggi bor kelyapman. Endi faoliyatimni qaerda davom ettirishimni bilmayman”.

Fernandino

afaf42235

Klub: “Manchester Siti”

Yoshi:35

Transfer summasi:3,6 million funt

Braziliyalik universal bu mavsumda atigi 7 bor asosiy tarkibda o‘yinni boshladi. U klub bilan shartnomani uzaytirmasligi kundek ravshan. E’tiborlisi shundaki, hozir ham u bilan bir nechta grand jamoalar qiziqib qolgan.

Fernandino esa, so‘nggi mavsumlarini vatanida o‘tkazmoqchi. Ma’lumotlarga qaraganda, Braziliyaning bir nechta klubi unga “og‘iz solgan”. Shuningdek, uni murabbiylar shtabidan joy olishi haqida ham mish-mishlar yuribdi. Voqealar rivojini kuzatishda davom etamiz.

Edinson Kavani

afaf32425

Klub:”Manchester Yunayted”

Yoshi:34

Transfer summasi:10,8 million funt

“Qizil iblislar” Edinson bilan shartnomani 1+1 ko‘rinishida tuzgan. Katta ehtimol bilan, mavsum so‘ngida urugvaylik "snayper"ga yana bir yillik shartnoma taklif etiladi. U bunga loyiq o‘yin namoyish etmoqda. APLdagi 992 daqiqa ichida Kavani 6 gol kiritishga muvaffaq bo‘ldi.

Ingliz nashrlarining ma’lum qilishicha, Kavani o‘zini Manchester shahrida baxtli his qilmoqda. Agar jamoa hamkorlikni davom ettirmoqchi bo‘lsa, qahramonimiz rad javobini bermoqchi emas.

Denni Rouz

afaf3445

Klub: “Tottenxem”

Yoshi:30

Transfer summasi:5,4 million funt

Bundan 5 yil ilgari Kayl Uoker va Denni Rouz APLning eng kuchli qanot himoyachilari edi. Kayl “Siti”ga o‘tdi va yangi darajaga ko‘tarildi. Denni esa, “Tottenxem”da qotib qoldi.

Bu mavsumda Joze Mourino uni APLning birorta o‘yinida maydonga tushirgani yo‘q. Qishda klub uni “Trabzonspor”ga sotib yubormoqchi edi, ammo futbolchi buni istamadi. U ko‘proq pul ishlab olish maqsadida mavsum tugashini kutib turmoqchi.

Erik Garsiya

afaf435

Klub: “Manchester Siti”

Yoshi:20

Transfer summasi:18 million funt

O‘tgan mavsumda Erik asosiy tarkibdan joy egalladi, biroq hozir vaziyat o‘zgargan. Jarohatdan qaytgan Lyaport va yozda tarkibga qo‘shilgan Diash uni keraksiz futbolchiga aylantirib qo‘ydi.

Italiyalik jurnalist – Fabritsio Romani bergan ma’lumotlarga qaraganda, Garsiya allaqachon “Barselona” bilan 5 yillik shartnomaga imzo chekkan. U 9 yil davomida Kataloniya akademiyasida tarbiyalangan. Balki, shu omil sababli yana ortga qaytishga qaror qilgandir.

Olive Jiru

afaf423535

Klub:”Chelsi”

Yoshi:34

Transfer summasi:4,5 million funt

Tomas Tuxel amaldagi jahon chempionini bir necha bor maqtab o‘tdi. Uni 20 yoshli yigitlar singari mashq qilayotgani haqida fikr bildirdi. Bu orada frantsuz EChLdagi gollari seriyasini ancha yaxshilab oldi.

Olive joriy mavsumda APLning naqd 8 ta o‘yinini asosiy tarkibda boshladi. Statistika bobida esa, Jiru jamoadagi eng sermahsullardan biri. “Atletiko” darvozasiga "qaychi" uslubida berilgan zarba bilan qahramonimiz hali aytilmagan so‘zlari ko‘p ekanligini barchaga eslatib qo‘ygandek bo‘ldi.

Hozir Vernerning o‘yini chiqmayapti. Xolandni sotib olish uchun katta pul kerak. Bunday vaziyatda natija berib turgan hujumchini tekinga qo‘yib yuborish kulgili.

Serxio Aguero

afaf64577

Klub: “Manchester Siti”

Yoshi:32

Transfer summasi:31,5 million funt

Kun o‘zining APLdagi so‘nggi golini bir yil avval kiritgan edi. Bu vaqt oralig‘ida “shaharliklar” hujumda Aguerosiz to‘p surishga o‘rganib oldi. Qahramonimiz joriy mavsumda atigi 221 daqiqa to‘p surdi, xolos.

Shunga qaramay, Serxio “Siti” tarixidagi eng kuchli futbolchi ekanligini unutmaslik lozim. Qahramonimiz 8 yil davomida yuqori tempni ushlab kelmoqda. Uning “Etixat”da kiritgan chempionlik goli allaqachon klub tarixiga oltin harflar bilan bitib qo‘yilgan.

Hozir Aguero bilan “Barselona”, “Yuventus” va “Inter” jiddiy qiziqib qolgan. Bir paytlar Karlos Teves “Siti”ni “Yuve”ga almashtirgan va fantastik o‘yin ko‘rsatgan edi. Balki, bu tryukni Aguero ikkinchi bor takrorlar?!

Jorjino Veynaldum

Afaf32356476

Klub: “Liverpul”

Yoshi:30

Transfer summasi:36 million funt

“Liverpul” safida “Jini” chinakam yulduz darajasiga chiqdi, APL va EChLda zafar quchdi. Shunday bo‘lsa-da, klubni tark etishga juda yaqin turibdi.

Uning ketishiga klub bilan tuzilgan shartnoma sabab bo‘lmoqda. Mana 4,5 yildirki, niderlandiyalik futbolchi haftasiga 75 ming evro maosh olmoqda. Bu zaxiradagi futbolchilarnikidan ham kamroq. Hozirgi “Liverpul” unga yaxshilangan shartnoma bermaydi.

Milanning “Inter” jamoasi esa, 4 yillik ulkan maosh belgilangan shartnoma taklif qildi. Veynaldum yil so‘ngida Milan shahriga ko‘chib o‘tishi haqiqatga juda yaqin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!