
Temmi Abraxam: "Mourino menga amakimdek"
"Roma" hujumchisi Temmi Abraxam murabbiy Joze Mourinoning Portugaliya terma jamoada ish boshlashi haqida fikr bildirdi.
"Joze ajoyib mutaxassis va uni olib kelishni hamma istaydi. Portugaliya kabi kuchli jamoa unga qiziqish bildirayotganidan faxrlanaman. Ishonchim komil, u bosh e’tiborini "Roma"ga qaratgan.
OAV orqali bu haqda juda ko‘p o‘qidik, ammo biror marta gaplashganimiz yo‘q. Mourino doim bizning o‘sishimizga harakat qiladi, bor e’tiborimiz mavsumni yaxshi o‘tkazishga qaratilgan.
Avval ham aytganman: u menga amakimdek. Jozeni doim shunday deb hisoblaganman. U yo‘lboshchimiz va mendan eng yaxshisini talab qiladi. Men shu narsadan motivatsiya olaman.
Yomon o‘yin namoyish etsam, u darhol buni aytadi. Ba’zida yaxshi harakat qilsam ham uning ko‘ngli to‘lmaydi. Bu menga kerak bo‘lgan narsa. U doim to‘g‘ri yo‘lni ko‘rsatuvchi murabbiy",-dedi Temmi.
Fikrlar