Temur Kapadze Indoneziyada!
O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze hozirda Indoneziyada bo‘lib turibdi. Bu haqda “Vivagoal” nashri e’lon qilgan videoda ma’lumot berildi.
Xabarga ko‘ra, Kapadze Indoneziya terma jamoasiga murabbiylik qilish bo‘yicha nomzod sifatida tilga olinmoqda. U Juma namozini Istiqlol masjidida o‘qib chiqqanidan keyin ko‘rindi. Hozircha uning mamlakatga tashrifi maqsadi rasman ma’lum qilinmagan.
Ma’lumot uchun, Kapadze “Oq bo‘rilar”ga Fabio Kannavaro murabbiy bo‘lgan davrda ma’lum bir vaqt yordamchi sifatida faoliyat yuritgan. Keyinchalik esa uning jamoadan butunlay ketgani xabar qilingan.



Fikrlar