
Temur Kapadze: Qo‘l etmaydigan yulduzlarni O‘zbekistonga olib kelgani uchun “Bunyodkor” rahbarlaridan minnatdorman
Toshkentning “Lokomotiv” klubi sardori Temur Kapadze “Sport” kanalining “Chempion” ko‘rsatuvi mehmoni bo‘ldi. Unda “temiryo‘lchilar” a’zosi quyidagi fikrlarni bildirib o‘tdi.
- Rivaldo Jahon futboli yulduzlaridan biri hisoblanadi. Uning harakatlari tahsinga loyiq. Men uning o‘yinlarini oldindan kuzatib yurardim. U osmondagi qo‘l etmaydigan yulduz edi. Ammo “Bunyodkor” rahbarlari ushbu futbolchini O‘zbekistonga olib kelishdi. Biz ular bilan yonma-yon ishladik. Ronaldu, Messi, Fabregas, Inesta, Puyol, Eto`o kabi yulduzlar yurtimizga kelib ketdi. Undan tashqari Skolari qo‘l ostida shug‘ullandik. Buning uchun “Bunyodkor” rahbarlaridan minnatdorman, - deydi Kapadze “Sport” kanalining “Chempion” ko‘rsatuvida.
Fikrlar