
Ten Xag: "Ronaldu muammo emas edi"
"Bayer Leverkuzen" bosh murabbiyi Erik ten Xag Krishtianu Ronaldu unga muammo bo‘lmaganini aytdi.
Murabbiy MYuda Ronaldu bilan ziddiyatga borgani futbol jamoatchiligida ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘lgan edi. Krishtianu 2022 yilning noyabrida bergan intervyusida ten Xagni omma oldida tanqid qilgan va shundan so‘ng klubni tark etgandi.
"Ronaldu men uchun hech qachon muammo bo‘lmagan. Menimcha, bularning hammasi o‘tmish. Bu shunday bo‘ldi va shundan so‘ng biz "Manchester Yunayted"da ikkita sovrinni qo‘lga kiritdik.
Unga kelajakda eng yaxshi tilaklarni tilayman", - dedi "Bayer" ustozi.
Niderlandiyalik mutaxassis qo‘l ostidagi nemis klubi o‘rtoqlik uchrashuvida "Chelsi"ga 2:0 hisobida mag‘lub bo‘ldi.
Fikrlar