
Tennis. Nigina Abduraimova Australian Open'ni g‘alaba bilan boshladi
Hamyurtimiz Nigina Abduraimova Avstraliya ochiq chempionatining dastlabki saralash bosqichidan muvaffaqiyatli o‘tdi. Tennischimiz biroz avval yakuniga etgan uchrashuvda ispaniyalik Leyre Gormazni 3 setda mag‘lubiyatga uchratdi.
MOQ matbuot xizmatining yozishicha, 1 soat 52 daqiqa davom etgan bahsda yurtdoshimiz birinchi setni 2:6 hisobida boy bergan bo‘lsa ham, o‘yinning qolgan qismini o‘z tashabbusi ostida o‘tkazdi va 6:3, 6:2 hisoblarida g‘alaba qozondi. Abduraimova ikkinchi bosqichni amerikalik Keti Volynetsga qarshi o‘tkazadi. Ushbu uchrashuv 11 yanvar kuni bo‘lib o‘tishi belgilangan.
Fikrlar