"TePe Sigeman 2026" 3-tur: Nodirbek Abdusattorov — Magnus Karlsen

  • 03.05.2026 16:49
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Shaxmat
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Bugun butun dunyo shaxmat ishqibozlarining eʼtibori aynan shu taxtaga qaratiladi. TePe Sigeman turnirining 3-turida yurtdoshimiz Nodirbek Abdusattorov shaxmat tarixidagi eng kuchli oʻyinchi Magnus Karlsen ga qarshi qora donalarda bahs olib boradi. 
 
Magnus Karlsen — shaxmat olamining mutlaq afsonasi boʻlib, u 2882 rekordi bilan tarixda eng yuqori ELO reytingiga erishgan va "kosmik" darajani oʻrnatgan yagona shaxmatchidir. 
 
2013 yildan 2023 yilgacha klassik shaxmat boʻyicha dunyo tojini hech kimga bermagan 5 karra jahon chempioni, shuningdek, 2011 yildan buyon dunyo reytingida uzluksiz 1- oʻrinni egallab, zamonaviy shaxmatda mislsiz 15 yillik peshqadamlikni namoyish etib kelmoqda. 
 
Bir vaqtning oʻzida klassik, rapid (6 karra) va blits (9 karra) yoʻnalishlarida jahon chempioni unvonini qoʻlga kiritib "Triple Crown" sohibiga aylangan. 
 
Bundan tashqari, klassik shaxmatda ketma-ket 125 ta oʻyinda magʻlubiyatga uchramay jahon rekordini oʻrnatgan haqiqiy shaxmat "qiroli" hisoblanadi. 
 
Nodirbek Abdusattorov 2021 yilda aynan Magn usni magʻlub etib, Rapid yoʻnalishida jahon chempioniga aylangan edi. 
 
Maʼlumot oʻrnida, 3-tur bahslari 18:00’da boshlanadi. 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!