Ter Shtegen "Barselona"da Messidan keyin ikkinchi bo‘lmoqchi

  • 10.03.2020 21:42
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

"Barselona" klubi darvozaboni Mark-Andre ter Shteshen rahbariyat bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelishuvga erishi olmayapti.

Goal nashrining yozishicha 27 yoshli germaniyalik posbon kataloniyaliklardan yillik maoshini 15 mln evroga ko‘tarishni talab qilmoqda. Agar bu shartnoma imzolansa, ter Shtegen “Barselona” safida Lionel Messidan so‘ng eng ko‘p maosh oluvchi futbolchiga aylanadi.

“Barsa” rahbariyati hozircha uning bu taklifiga rozilik bildirmayapti. “Ko‘k-anor ranglilar” bu boradagi muzokaralarni mavsum yakunlangach davom ettirishmoqchi.

Eslatib o‘tamiz, ter Shtegen “Barselona” safida 2014 yildan buyon to‘p surib kelmoqda. U joriy mavsum 26 ta o‘yinda maydonga tushdi va ularning 6 tasida o‘z darvozasi daxlsizligini saqlab qola oldi. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi esa 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!