Ter Shtegen "Barselona"ning qilgan ishidan hayratda

  • 8 iyun, 16:03
  • Ali Ahmadxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Mark-Andre ter Shtegen "Barselona" uni jamoani tark etishga majbur qilayotganidan norozi.

Tecno

Diario Sport nashrining xabariga ko‘ra, darvozabon klubdagi holatini omma oldida muhokama qilishni xohlamagan. Germaniyalik futbolchi matbuotga ichki muhit haqida ma’lumot sizib chiqqanidan hayratda va bu orqali klub uning professional obro‘siga putur etkazib, uni ketishga undamoqchi, deb hisoblamoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, kelasi mavsumda "Barselona" asosiy e’tiborni Joan Garsiyaga qaratmoqchi. Avvalroq u klubga o‘tishga rozilik bildirgani haqida xabarlar chiqqan edi. Zaxira darvozabon sifatida esa Voysex Shensni ko‘rilmoqda.

Shunga qaramay, Ter Shtegen bu yozda klubni tark etmoqchi emas va asosiy tarkibdagi o‘rni uchun kurashishga tayyor.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!