
Ter Shtegen bo‘yicha APLning top klubidan taklif tushmoqda
Londonning "Chelsi" klubi yozgi transfer oynasini faol boshladi, ammo asosiy maqsadlardan biri — Mayk Menyan transferi amalga oshmay qoldi. Frantsiyalik darvozabon bo‘yicha "Milan" bilan muzokaralar ijobiy natija bermaganidan so‘ng "aristokratlar" yangi nomzodlarga e’tibor qarata boshladi.
"Caught Offside" nashrining xabariga ko‘ra, "Chelsi"ning radariga "Barselona" posboni Mark-Andre ter Shtegen tushgan. 33 yoshli Germaniya terma jamoasi a’zosi uzoq yillardan beri Kataloniya grandi safida to‘p surib kelmoqda — u 2014 yilda jamoaga qo‘shilgan.
Avvalroq OAVda ter Shtegenning yozda klubni tark etishi mumkinligi haqida xabarlar tarqalgandi. Uning "ko‘k-anorranglilar" bilan amaldagi shartnomasi 2028 yil iyuniga qadar amal qiladi.
Transfermarkt portaliga ko‘ra, tajribali posbonning transfer narxi 12 million evro etib belgilangan.
Agar muzokaralar muvaffaqiyatli kechsa, ter Shtegen uchun Angliya Premer-ligasidagi yangi chaqiriq boshlanishi mumkin. Bu esa "Chelsi"ning yangi davri uchun muhim qadam bo‘lishi ehtimoldan xoli emas.
Fikrlar