Ter Shtegen bu kunni hech qachon unutmaydi

  • 22 dekabr, 2021, 08:33
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen "Barselona"dagi yubiley uchrashuvini o‘tkazdi.

Kecha La Liganing 4-turidan o‘rin olgan "Sevilya"ga qarshi o‘yin 29 yoshli posbon uchun “ko‘k-anor ranglilar” safidagi 300-o‘yin bo‘ldi. U ushbu o‘yinlarda o‘z darvozasidan jami 299 ta gol o‘tkazib yuborgan.

Ma’lumot uchun, Ter Shtegen "Barselona" safiga 2014 yil 12 mln evro evaziga "Borussiya" Myunxengladbaxdan ko‘chib o‘tgan. U o‘tgan davr mobaynida 4 marta Ispaniya chempionatida, 5 marta Ispaniya kubogida, 2 marta Ispaniya Superkubogida, 1 marta Chempionlar ligasi va UEFA Superkubogida, shuningdek, Klublar o‘rtasidagi jahon chempionatida g‘olib bo‘lgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!