Ter Shtegen ketaversin! "Barselona" o‘ziga yangi darvozabon topdi

  • 08.04.2020 13:56
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Futbol
Komp: Xabar sarlavhasi ostidagi

Kataloniyaning "Barselona" klubi "Ayaksa" darvozaboni Andre Onanani o‘z safida ko‘rmoqchi. Bu haqda Sport.es nashri xabar tarqatmoqda.

Yuqoridagi manbaga ko‘ra, agar germaniyalik darvozabon Mark-Andre ter Shtegen jamoadan ketsa, “ko‘k-anor ranglilar” uning o‘rniga aynan 24 yoshli Onanani olib kelishadi.

Bundan avvalroq, ter Shtegen “Barselona” bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha kelisha olmayotgani va unga “Bavariya”dan jiddiy qiziqishlar bo‘layotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.

Aytish kerakki, Onana asli “Barselona” tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U joriy mavsum “Ayaks” safida 39 ta o‘yinda maydonga tushdi va o‘z darvozasidan 37 ta gol o‘tkazib yubordi. Uning amsterdamliklar bilan amaldagi shartnomasi 2022 yilga qadar imzolangan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!