Terens Krouford: "O‘sha kuni butun dunyoni larzaga solaman”

  • 7 fevral, 15:08
  • Ahmadbek Eshmatov
  • 0
  • Boks
TIGGO 2 PRO

Avvalroq,  Turki Al ash-Shayx meksikalik boks yulduzi Saul Alvares "Riyadh Season" bilan to‘rtta janglik shartnoma imzolaganini aytgandi. Insayder Mayk Koppingerning qo‘shimcha qilishicha, Alvaresning janglaridan biri Terens Kroufordga qarshi bo‘lib o‘tadi. Shundan so‘ng, amerikalik charm qo‘lqop ustasi mazkur xabarlarga o‘z munosabatini bildirdi.

"Sentyabr oyida “Kanelo”ga qarshi to‘qnash kelishni intiqlik bilan kutyapman. O‘sha kuni butun dunyoni larzaga solaman” - deb yozdi Terens ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.

Ma’lumot uchun, Alvares shu kungacha 66 ta jang o‘tkazib, 62 g‘alaba, 2 mag‘lubiyat va 2 ta durang qayd etgan. Krouford esa 41 ta jangda 41 ta g‘alaba qozongan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!