Terma jamoa bosh murabbiyi "Navbahor"da ish boshlaydimi?

  • 4 sentabr, 2019, 22:42
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 2
  • Futbol
TIGGO 2 PRO

Xabaringiz bor, «Navbahor» klubida yana o‘zgarishlar yuz bergan bo‘lib, rossiyalik Andrey Kanchelskis bosh murabbiylik lavozimiga qaytarildi. Hozirda esa namanganliklar ushbu murabbiy boshchiligida mashg‘ulotlarni davom ettirishmoqda.

Olingan ma’lumotlarga qaraganda, namanganliklar O‘zbekiston U-19 terma jamoasi bosh murabbiyi Otabek G‘ulomxo‘jaevga taklif bilan chiqishgan. Bu orqali «Navbahor»ning murabbiylar shtabini yanada kengaytirish ko‘zda tutilganligini payqash qiyin emas.

E’tiborlisi, G‘ulomxo‘jaev chindan ham «Navbahor»dan taklif bo‘lganligini tan oldi. Lekin hozircha uning klubda ishlashi yoki ishlamasligi borasida bir nima deyish qiyin. Boisi, ushbu yosh mutaxassis bor e’tiborini terma jamoaga qaratgan holda oldinda turgan Osiyo chempionati saralash bahslariga jiddiy ahamiyat bermoqda. Ammo mazkur vaziyat bo‘yicha voqealar rivojini kuzatib boramiz.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Chelsea_buxara
04/09/2019 23:21
Taklifni qabul qilgani yaxshi edi Kanchelskidan u bu narsalarni urganardi
&
Surxon turon
04/09/2019 23:28
Канчелскининг узи урганишга мухтожу ӯрганармиш
Otabek Yusupov
04/09/2019 23:57
Сиз биласиз хаммасини?
Murod Panjiev
05/09/2019 10:40
Хахаха едирдинг
Murod Panjiev
05/09/2019 10:43
Алкаш Канчилискис ургансин узбек мурабийлардан кандай бошкаришни
&
Chelsea_buxara
05/09/2019 16:50
Hamma murabbiylar ichib yuradi bulmasa davleniya bb uladiku bunaqa bosimga
&
Navbaxor 3392
04/09/2019 23:07
Durbekning o'rniga yaxwi variant durbekni umuman komandaga yaqinlawtirmaslik kerak