Terma jamoa hujumchisi "Lill"ga o'tmoqda
Yaponiya terma jamoasi va «Feyenoord» hujumchisi Ayase Ueda yaqin kunlarda jamoasini almashtirishi kutilmoqda. Yapon futbolchisi faoliyatini Fransiya chempionatida davom ettirib, «Lill» safida to‘p surishi rejalashtirilgan.
Futbol bo‘yicha insayder Fabrizio Romano tarqatgan ma’lumotga ko‘ra, 28 yoshli Ueda «Lill» bilan kelishuvga yaqin. Fransiya klubi hujumchi uchun taxminan 15 million yevro to‘lashi aytilmoqda. Ayase Ueda «Feyenoord» tarkibiga 2023 yil yozida qo‘shilgan edi. Ungacha u Yaponiyada «Kasima Antlers» jamoasida, shuningdek, Belgiya ning «Serkl Bryugge» klubida o‘ynagan.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan mavsumda Ueda Niderlandiya chempionatida «Feyenoord» tarkibida 31 ta o‘yinda maydonga tushdi. Yapon hujumchisi shu muddat ichida 25 ta gol urdi va bir bor golli uzatma berdi. Joriy mavsumda esa u to‘rtta o‘yinda uchta gol va bir assist qayd etishga ulgurdi.

Fikrlar