
Terma jamoada o‘ynagan futbolchi 35 yoshida vafot etdi
Marokash terma jamoasining sobiq futbolchisi Abdulaziz Barrada 35 yoshida infarkt oqibatida hayot bilan vidolashdi.
Yarim himoyachi faoliyatini Frantsiyaning “Senar Muassi” va “Pari Sen-Jermen-B” jamoalarida boshlagan. Kshproq “Marsel”dagi faoliyati bilan tanilgan.
Keyinchalik Ispaniyaning “Xetafe” va “Ximnastik”, Birlashgan Arab Amirliklarining “Al-Jazira” va “An-Nasr”, Turkiyaning Antalyaspor”, Qatarning “Ash-Shaxaniya” klublarida to‘p tepgan.
Faoliyatini 2021 yili Frantsiyaning “Luzitans Sen-Mor” klubida yakunlagan.
Abdulaziz Barrada Marokash milliy terma jamoasida 26 ta uchrashuvda ishtirok etib, raqiblar darvozasini to‘rt marotaba ishg‘ol qilgan. Mamlakat olimpiya terma jamoasi safida 2012 yilgi London Olimpiadasida o‘ynagan.
Fikrlar