Tezkor! Manba: “Real” Mbappeni sotib oldi. Bu futbol tarixidagi eng katta transfer bo‘ldi!

  • 4 iyul, 2023, 20:51
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Taniqli jurnalistlar Xesus Karlos Martines va Fransua Gallardo “Real” klubi PSJ hujumchisi Kilian Mbappeni sotib olgani haqida xabar tarqatdi.

Tecno

Manbalarning ta’kidlashicha, oldi-sotdi masalasi to‘liq yopilgan. Madridliklar bu transfer uchun 224+56 million evro shaklida pul to‘laydi. Bu jahon futboli tarixidagi eng katta transfer bo‘ladi.

Avvalroq, 6 yoki 7 iyul kuni “Real” Mbappe transferini rasman e’lon qilishi mumkinligi haqida xabar tarqatilgan edi. Endi bu taxmin o‘z tasdig‘ini topishi kutilyapti.

Hozircha, futbol tarixida eng qimmat transfer egasi Neymar hisoblanadi. PSJ bu o‘yinchi uchun 2017 yili “Barselona”ga 222 million evro to‘lagan edi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!