
Tezkor! "Navbahor" jamoasining yana bir a’zosi jamoadan ketdi
"Navbahor" vingeri Doniyor Abdumannopov jamoani tark etdi. Bu haqida futbolchining o‘zi instagram sahifasida ma’lum qildi. Uning namanganliklar bilan amaldagi shartnomasi joriy yilning 31-dekabr sanasida yakunlanadi.
23 yoshli yarim himoyachi joriy mavsum Superligada 23 uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va sheriklariga 5 ta golli uzatmani amalga oshirgan edi.
Ma’lumot uchun, 2023 yilgi mavsum yakunlangandan so‘ng "lochinlar"ning etakchi futbolchilari Jamshid Iskanderov va Oston Urunov ham Namangan klubini tark etgan edi.
Fikrlar