Tezkor: Taniqli futbolchi o‘zini o‘ldirmoqchi bo‘ldi

  • 29 sentabr, 2023, 17:28
  • Zohir Toshxo’jayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

“Nitstsa” yarim himoyachisi Aleksis Beka-Beka o‘z joniga qasd qilishga urindi. Biroq maxsus xizmatlar va psixologlar futbolchining fikrini o‘zgartirishga muvaffaq bo‘ldi.

Buning oqibatida Beka-Beka o‘zini tashlamoqchi bo‘lgan ko‘prikni tark etdi. Noxush voqea haqida jurnalist Matteys Pok ma’lumot berdi.

Aleksis suitsid qilmoqchi bo‘lgan ko‘prik Manyan, deb nomladi va u Nitstsa shahridagi katta trassa bo‘ylab joylashgan.

22 yoshli yarim himoyachi “Kan” klubi tarbiyalanuvchisi hisoblanadi. U 2021 yili “Kan”dan Moskvaning “Lokomotiv” jamoasiga transfer qilingan.

Beka-Beka “Nitstsa”ga bir yil oldin, 12 million evro evaziga ko‘chib o‘tgan edi. Uning shartnomasi 2027 yilning yozigacha tuzilgan.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!