Tezkor xabar! Mbappe "Real"ga o‘tishga rozilik berdi
Frantsiyaning "Monako" klubi hujumchisi Kilian Mbappe Madridning "Real" klubiga o‘tishga rozilik berdi. Bu haqda Marca nashri xabar tarqatmoqda.
Yuqoridagi manbaaning yozishicha 18 yoshli frantsiyalik futbolchi "qirollik klubi"da to‘p surishni juda ham hoxlamoqda. Ammo, "Monako" rahbariyati uni iloji boricha qimmatroqqa sotmoqchi. Frantsuz klubi yosh to‘purarni 100 mln evrodan kamiga sotmoqchi emas.
Ta’kidlash kerakki, Mbappening "Monako" bilan amaldagi shartnomasi 2019 yilga qadar imzolangan. Avvalroq, Kilianga "Manchester Yunayted", "Arsenal" va PSJ kabi jamoalar ham jiddiy qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgan edi.



Fikrlar