
Tezkor xabar! Oston O‘runov Bundesliganing nomdor klubiga o‘tishi mumkin
Rossiya Premer-ligasining "Ufa" klubi safida harakat qilayotgan Oston O‘runov tez orada boshqa jamoaga o‘tishi mumkin.
Legionerimizni "Spartak" klubiga o‘tishida katta rol o‘ynagan Shamil Gazizov Domeniko Tedesko bilan birgalikda "RB Leytspig"da bosh direktor lavozimida ish boshlaydi. O‘z navbatida, Gazizov eski tanishini yangi jamoasiga olib kelishi katta ehtimol.
Boisi, u O‘runovni nemis klubiga taklif qilgani aytilmoqda. Gazizov Ostonga quyidagicha ta’rif bergan: "Osiyo yulduzi, potentsial narxi 20-30 million evro".
Voqealar rivojini SPORTS.uz saytida kuzating!
Fikrlar