
TikTok UEFA bilan hamkorlik o‘rnatganini e’lon qildi
TikTok videoservisi UEFA bilan hamkorlik boshlaganini ma’lum qildi.
Hozirda TikTok’da AR effektlar, xeshteg chaqiriqlari, jonli translyatsiyalar va rasmiy ovozlar mavjud. Berilgan ma’lumotlarga qaraganda, UEFA TikTok’da o‘zining rasmiy sahifasini ochadi va u erga eksklyuziv videokontentlarni joylab boradi.
Ma’lumot uchun, hozirda TikTok dunyoning 150 dan ortiq mamlakatlarida ommalashgan va unda 1 milliarddan ortiq inson ro‘yxatdan o‘tgan.
Fikrlar