
Timoti Bredli: "Vasiliy Lomachenkoga past baho bermang!"
Timoti Bredli Devin Xeyniga qarshi jangda Vasiliy Lomachenkoga past baho bermaslik kerakligini aytdi.
"Lomachenkoning imkoniyatiga past baho berilmoqda. Tushunish lozimki, Lomachenko yomon jang ko‘rsatsa, u odatda katta kuch bilan qaytadi. Lomachenko Salidoga yutqazgan edi va u qaytdi. Kichik Gari Rassellga imkoniyat qoldirmadi. Keyin Lomachenko Teo Lopes bilan o‘zini ko‘rsata olmadi, biroq u kim bilan qaytdi? Masayoshi Nakatani ustidan hukmronlik qildi. Ortiz bilan o‘rtachaj
ang ko‘rsatdi. Sizga aytamanki, u Lomachenko uslubida qaytadi. U Xeynini kamchiliklarini topishga harakat qiladi. O‘ylaymanki, Lomachenko keyingi jangda uning ojiz tomonini topishga harakat qiladi”-dedi Bredli.
Eslatib o‘tamiz, Lomachenko 20 may kuni Devin Xeyniga qarshi engil vazn toifasining mutloq chempionlik kamarlari uchun jang qiladi.
Fikrlar