
Timur Kapadze va Otabek Shukurov yirik g‘alabadan so‘ng nimalar dedi?
O‘zbekiston milliy terma jamoamiz murabbiyi Timur Kapadze Qirg‘iz Respublikasiga qarshi yirik g‘alabadan so‘ng matbuot anjumanida ishtirok etdi. Mutaxassis bo‘lib o‘tgan o‘yin va boshqa qiziqarli savollarga javob berib o‘tdi.
"Avvalambor, g‘alaba bilan barchani tabriklayman. Allohga shukur g‘alaba qozondik. Oson o‘yin bo‘lmadi. Ancha kerakli natija bo‘ldi. Tug‘ilgan kun uchun yaxshi sovg‘a bo‘ldi".
Otabek: "Har bir terma jamoa ishtirokidagi bellashuv oson bo‘lmaydi. Bugun ham shunday bo‘ldi. Alhamdulilloh finalga chiqdik va Eronga qarshi chrashuvga jiddiy tayyorgarlik ko‘ramiz".
O‘mon terma jamoasidan tashqari, Turkmaniston va Qirg‘iz Respublikasiga qarshi o‘yinlarida boshqacharoq sxema tanlandi. Buni qanday izohlaysiz?
"O‘yinga qarab sxema tanladik. 2 3 hujumchi bo‘lishi bizga katta imkoniyatlar yaratadi. Himoyada ham o‘zgarishlar bo‘ldi. Ikki o‘yinda ham rotatsiyalar juda ko‘p bo‘ldi va bu ish berdi".
Bugungi o‘yinda raqibga imkon bermadik, ushbu o‘yin davomidagi sizga yoqqan narsa haqida gapirib o‘tsangiz!
"Har bir uchrashuv men uchun juda muhim. Albatta, har bir to‘qnashuvda har bir futbolchining ham o‘yini chiqmaydi. Bugun esa barchasi a’lo bo‘ldi".
Kechagi mashg‘ulotda Abdulla Abdullaev ko‘rinmadi. Bugungi o‘yinda ham qaydnomaga kiritilmadi. Unda jarohat bormi?
"Uning 1 oyga jarohati qaytalab qolgan. Biz buni so‘nggi uchrashuvdan so‘ng bilib oldik. Nazarimda 1 2 hafta ichida o‘z jamoasiga qaytib, harakat qila boshlaydi".
Eronningo‘yininii tahlil qilib chiqdingizmi? 4 o‘yindan buyon g‘alaba qozona olmadik.
"Albatta, biz Eronni ancha yaxshi taniymiz. Lekin uning turnir davomidagi bellashuvlarini ko‘rmadik. Asosan o‘zimizning o‘yinga katta e’tibor berdik. Endigi mashg‘ulotlarda ularni o‘rganib, tayyorgarlikni ko‘ramiz".
Hujumkor 2 yarim himoyachi bilan o‘ynash sizga qulaylik beradimi?
Otabek Shukurov: "Katanes bo‘lganda markazda 2 ta yarim himoyachi bo‘lib o‘ynaganmiz. U paytda 5 ta himoyachi bo‘lib, kontr pressingda o‘ynaganmiz. Hozir Temur Kapadze paytida esa ancha o‘zgargan. Shuningdek, 2 yoki 3 ta sxema bo‘lgani terma jamoa uchun yaxshi bo‘ladi.
Urugvayga qarshi o‘yinni siz so‘raysizmi yoki buni hal qiladigan insonlar bormi?
"Albatta, Xalqaro bo‘lim bor. Bundan avval Urugvay bilan birgalikda Argentina terma jamoasi ham bor edi. Lekin Argentina bilan bahs unchalik o‘xshamadi. Lekin barchamiz maslahatlashib qaror qabul qilamiz".
Himoyadagi imkoniyatlar ko‘paymoqda. Buni qanday izohlaysiz?
Ravshan Haydarov qo‘l ostidagi U23 terma jamoasi hozirda safarda bo‘lib turibdi. U erda ham yaxshi himoyachilar etarlicha. Bu holat ayniqsa murabbiylar uchun ancha yaxshi. Sababi, asosiy futbolchilar yo‘qligida ularning xizmati biz uchun juda muhim. Jumladan, Husanov jarohati sabab navbatdagi yig‘inni o‘tkazib yubordi. Bu holatda esa yosh himoyachilar qo‘l keldi".
Hozirda Igor Sergeev yaxshi formada. Balki Eronga qarshi 2 ta hujumchi bilan o‘ynab ko‘rarmiz.
"Hozir nima qilishimizni aytsam, syurpriz bo‘lmay qolishi mumkin-ku (kuladi).
Jahon chempionatiga juda yaqin qolmoqda. Taktikangiz bormi?
"Hozirda aniq rejamiz yo‘q. Mening asosiy e’tiborim Cafa'ga qaratilgan edi. Hozir bu savolni avvalambor kattalarga berishingiz mumkin", - deya ta’rif berib o‘tdi terma jamoamiz mutaxassisi.
Fikrlar