
Tinimsiz gol ursang, xaridoring ko‘p bo‘ladi
Niderlandiya chempionatida “AZ Alkmaar” jamoasi sharafini himoya qilayotgan Vangelis Pavlidis faoliyatini top-ligalarda davom ettirish imkoniga ega bo‘ldi.
Evening Standard nashrining xabar berishicha, Pavlidisga “Chelsi”, “Milan”, “Barselona” va “Fulxem” kabi klublar ko‘z tikmoqda.
Gretsiyalik hujumchining o‘zi yanvar oyidayoq katta klublar safiga ko‘chib o‘tishga tayyor.
Pavlidis joriy mavsumni yuqori saviyada o‘tkazmoqda. U milliy chempionatning dastlabki 16 uchrashuvida o‘z hisobiga 18 ta gol yozdirib qo‘ydi.
25 yoshli forvardning “AZ Alkmaar” bilan shartnomasi 2025 yilning yoziga qadar davom etadi. To‘purar 25 million evroga baholanmoqda.
Fikrlar