Tojikiston - O‘zbekiston: Matnli translyatsiya

  • 29 sentabr, 2022, 15:53
  • Karim Xudayqulov
  • 1
  • Mini-futbol
CHERY AUTO

Futzal bo‘yicha Quvaytda bo‘lib o‘tayotgan Osiyo Kubogi ikkinchi turi doirasida Tojikiston hamda O‘zbekiston o‘zaro kuch sinashadi. Ushbu uchrashuvdan matnli translyatsiyani saytimiz orqali kuzatib boring. 

* Assalomu alaykum barchaga. Uchrashuv boshlanishiga kam vaqt qoldi. Ayni vaqtda har ikki jamoa madhiyalari yangramoqda. 

1. Uchrashuv boshlandi. 

2. Ropievning olisdan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

3. Nishonovning chap oyoq bilan olisdan yo‘llagan zarbasi noaniq chiqdi. 

3. GOOOOL! Elbek To‘lqinov darvozabon bilan birga-bir vaziyatga chiqib bordi va darvozabonning oyoqlari ostidan to‘pni darvozaga joylab qo‘ydi. 

4. Afsus! Tojikiston a’zosi Sardorov uzoq masofadan kuchli va aniq zarba yo‘llab, darvozamizni ishg‘ol qildi. 

5. Rahmatovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. Tojikistonlik futzalchi Yorovga sariq kartochka ko‘rsatildi. 

6. Vakillarimiz himoyadan chiqib ketishda muammoga duch kelmoqda. 

7. GOOOOL! Darvozani aniq nishonga olgan Nishonov jamoamizning ikkinchi goliga mualliflik qildi. Hisob 2:1 

8. Tojikistonlik futzalchi qanotdan yorib kirib, darvoza tomon zarba yo‘lladi, ammo noaniq. 

10. Qo‘shnilarimiz burchak zarbasi tepish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo besamar. 

11. Vakillarimiz o‘yin qoidasini buzdi. Darvozamiz oldida xavfli jarima zarbasi, ammo noaniq. 

12. Yana bir yaxshi imkoniyat. Burchakdan berilgan uzatmadan so‘ng futzalchimiz zarba yo‘lladi. Zarbaga biroz aniqlik etishmadi

13. Tojikiston terma jamoasi darvozamiz oldida bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. 

15. Nishonov ikki raqib qurshovida qolib ketdi va to‘pni oldirdi. 

15. Nishonov ancha faol. Uning kuchli zarbasini darvozabon qaytardi. 

16. Choriev ketma-ket ikkita gol urish imkoniyatiga ega bo‘ldi, ammo har ikkisidan ham foydalana olmadi. 

17. Tojikistonlik futzalchi olisdan ajoyib zarba yo‘lladi, Eliboev o‘z o‘rnida. 

18. Hozircha har ikkala jamoa ehtiyotkorlikka ko‘proq e’tibor beryapti. 

19. Taym out. Birinchi bo‘lim tugashiga 1 daqiqa qoldi. 

20. Anasxon Rahmatov autdan uzatilgan to‘pni erga tushirmay darvozaga joylab qo‘ydi. 

20. Anasxon taym so‘nggida avjiga chiqmoqda. Uning ketma-ket yo‘llagan zarbalari yo‘liga raqib futzalchilari g‘ov bo‘ldi. 

20. Birinchi taym yakuniga etdi. Hozircha vakillarimiz 3:1 hisobida Tojikistonni mag‘lub etmoqda. 

21. Ikkinchi bo‘lim boshlandi. 

22. Ikkinchi bo‘limning ilk daqiqalardan tojikistonlik darvozamiz oldida xavfli vaziyatlar yaratdi. 

24. Hozircha jamoalar ikkinchi bo‘limda u qadar xavfli vaziyatlar yarata olmadi. 

25. Tojikistonlik futzalchining o‘tkir burchak ostidan yo‘llagan zarbasiga aniqlik etishmadi. 

26. Eliboev ketma-ket ikkita xavfli zarbani qaytardi. Tojikistonliklar bosimni kuchaytirdi. 

27. Raqib darvozaboni oldinga chiqib ketdi. Termamiz a’zosi uzoqdan zarba yo‘lladi, biroq darvozabon boshi bilan bir amallab to‘pni qaytarib yubordi. 

28. Darvozamiz yaqinida raqiblarimiz jarima zarbasi tepish imkoniyatini qo‘lga kiritdi. 

29. Uxx! Tojikistonlik bir qator xavfli vaziyatlar yaratdi. To‘p darvoza to‘siniga ham tegdi. Hozircha hisob o‘zgarmadi. 

30. Taym out. 

31. Tojikiston futzalchi Baxtiyor Soliev yaxshi imkoniyatdan foydalana olmadi. 

32. Eliboevdan yana bir seyv. 

33. Darvozamiz deyarli bo‘sh qolgandi, ammo tojikistonliklar gol urishning uddasidan chiqmadi. 

34. Choriev birga-bir vaziyatga chiqib bordi va to‘pni sherigiga uzatdi. Yakunda vaziyat qo‘ldan chiqdi. Burchak zarbasi.

35. Hamroev raqibga nisbatn o‘yin qoidasini buzdi. 

35. Vakilllarimiz ajoyib kombinatsiya uyushtirdi, ammo Ropievning zarbasini darvozabon qaytardi. 

36. Tojikistonliklar 5-o‘yinchini maydonga tushirdi. 

36. Futzalchimiz maydon markazida o‘yin qoidasini buzdi. Bahodir Ahmedov ushbu epizodga nisbatan o‘z e’tirozini bildirdi. 

37. Himoyada Nishonovga nisbatan o‘yin qoidasi buzildi. 

37. Tojikistonliklar oradagi farqni qisqartirdi. Sardorov gol muallifi. 

39. O‘yin tugashiga kam vaqt qoldi. Qo‘shnilarimiz bosimni kuchaytirmoqda. 

40. Uchrashuv yakuniga etdi. Vakillarimiz ushbu bahsda Tojikiston ustidan 3:2 hisobida qiyin g‘alabani qo‘lga kiritdi. 

Tecno

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
араббаевич давлат
29/09/2022 19:05
Худога шукур.