Tojikiston terma jamoasiga chaqirilgan futbolchilar ro‘yxati e’lon qilindi. Superligamizdan qaysi legionerlar bor?

  • 20 mart, 2023, 20:16
  • Shuhratbek Jo’rayev
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

22 mart kuni ertalab Tojikiston milliy terma jamoasi FIFA kunlaridan foydalanib navbatdagi yig‘inni o‘tkazish uchun BAAning Abu-Dabi shahriga jo‘nab ketadi.

Tecno

Oldin xabar berganimizdek, Tojikiston 25 mart kuni BAA, 28 mart sanasida Quvayt termalariga qarshi o‘rtoqlik uchrashuvlarida maydonga tushadi.

Tojikiston terma jamoasi bosh murabbiyi Petr Segrt mazkur yig‘inga 24 nafar o‘yinchini jalb qildi. Ularning orasida Superligamizda to‘p surayotgan legionerlar ham bor.

Darvozabonlar: Rustam Yatimov, Muhriddin Hasanov (ikkisi – «Istiqlol»), Shoxruh Qirgizboev («Xo‘jand»)

Himoyachilar: Vaxdat Xanonov («Persepolis», Eron), Axtam Nazarov («Andijon», O‘zbekiston), Zoir Jo‘raboev («Neftchi», O‘zbekiston), Manuchexr Safarov («Lokomotiv», O‘zbekiston), Mexrubon Karimov («Samgurali», Gruziya), Siyovush Asrorov, Tabrez Islomov, Daler Imomnazarov, Alijon Karomatullozoda (barchasi – «Istiqlol»);

Yarim himoyachilar: Parvizjon Umarboev (TsSKA-1948, Bolgariya), Amirbek Jo‘raboev («Kedax», Malayziya), Muhammadjon Rahimov («Nasaf», O‘zbekiston), Komron Tursunov (TRAU, Hindiston), Murodali Aknazarov («Antalyaspor», Turkiya), Alisher Jalilov, Exsoni Panshanbe, Alijoni Ayni (barchasi – «Istiqlol»);

Hujumchilar: Shaxrom Samiev («Zimbru», Moldova), Manuchexr Jalilov, Shervoni Mabatshoev (ikkisi – «Istiqlol»), Nuriddin Hamroqulov («Regar-TadAZ»).

Bosh murabbiy – Petr Segrt (Xorvatiya).

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!