TIGGO 2 PRO

Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarining sakkizinchi kunida 9 nafar hamyurtimiz ishtirokidagi bahslar guvohiga aylandik.

Quyida ushbu sportchilarimiz bilan tanishib olishingiz mumkin:

1.Shahobiddin Zoirov (boks, erkaklar 48-52 kg)

2.Muxtasar Toxirova (o‘q otish, ayollar)

3.Elnur Abduraimov (boks, erkaklar 57-63 kg)

4.O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasiga qarshi jamoaviy bellashuvlarda ishtirok etadi.

Ma’lumot uchun, dzyudo bo‘yicha jamoaviy bahslarda har bir terma jamoadan 3 nafar erkak, 3 nafar ayol, jami 6 nafardan sportchi qatnashadi.

Boks. Erkaklar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Shahobiddin Zoirov nimchorak finalda Kabo Verde vakili David Varela bilan ringga ko‘tarildi. Unda Zoirov raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz taslim qildi - 5:0. Bokschimiz chorak finalda Filippin vakili Karlo Palam bilan bellashadi.

zoirov

-63 kg vazn toifasida Elnur Abduraimov qo‘shni tojikistonlik Osiyo chempioni Bahodir Usmonovga qarshi ringga ko‘tarildi. Nimchorak finaldagi bahsda hamyurtimiz Bahodir Usmonovdan 5:0 hisobida ustun keldi va chorak finalga chiqdi. Hamyurtimizni ushbu bosqichda armanistonlik Ovaness Bachkov kutib turibdi.

elnur

O‘q otish. O‘zbekistonlik Muxtasar Toxirova o‘q otish bahslarida 50 metrdan 3 holatda o‘q otish dasturida qatnashdi.

Vakilamiz har uch mashqlar yakuni bo‘yicha 1155 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan u ushbu dasturni 37 nafar sportchi ichida 30-natijada yakunladi. Keyingi bosqichga eng kuchli 8 nafar mergan yo‘l olardi. Afsuski, hamyurtimiz ular qatoridan joy egallay olmadi.

Ma’lumot o‘rnida, ushbu Olimpiadaga 2 ta litsenziya olgan Toxirova bungacha 10 metr masofada o‘tkazilgan dasturda ham ishtirok etgan edi.

photo_2021-07-31_10-19-42

Dzyudo. O‘zbekiston hamda Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi ilk bellashuvda +90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bekmurod Oltiboev raqibi Xenk Grolni ilk soniyalardayoq ippon bahosi bilan engdi.

Ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova raqibi Sanne Verxagenga mag‘lub bo‘ldi.

Hikmatilloh To‘raev erkaklar o‘rtasidagi -73 kg vazn toifasida Tornike Tsyakadoeaeni “Golden Score”da mag‘lubiyatga uchratdi va terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi.

Ayollar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida yana bir hamyurtimiz Gulnoza Matniyazova tajribali raqibasi Sanne van Diykeni “Golden Score”da taslim etdi.

Afsuski, erkaklar o‘rtasidagi -90 kg vazn toifasida Davlat Bobonov raqibi Noel van Tendga engildi.

Ayollar o‘rtasida +70 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Farangiz Hojieva niderlandiyalik Guse Stinxausga yutqazib qo‘ydi. Hisob 3:3.

Hal qiluvchi bellashuvda +90 kg vazn toifasida Bekmurod Oltiboev va Xenk Grol tatamiga ko‘tarildi. Biroq Oltiboev bu safar mag‘lubiyatga uchradi. Terma jamoamiz esa musobaqani ilk bosqichdayoq tark etdi.

photo_2021-07-31_05-12-52

1 avgust kuni 5 nafar o‘zbekistonlik sportchi Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etadi.

Quyida ushbu sportchilarimiz bilan tanishib olishingiz mumkin:

1.Darya Reznichenko (engil atletika, ayollar, uzunlikka sakrash, saralash B guruh ) – 05:50

2.Elmurat Tasmurodov (yunon rum kurashi, erkaklar, -60 kg) – 07:05

3.Mo‘minjon Abdullaev (yunon rum kurashi, erkaklar, -130 kg) – 07:20

2.Bahodir Jalolov (boks, erkaklar, +91 kg) – 09:06

5.Kumushxon Fayzullaeva (og‘ir atletika, ayollar, -76 kg) – 15:50

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
Oybek Maxammadiyev
01/08/2021 00:18
Kurashchilarni qishloqlardan terib kelish kerak. Bular Nima qilyapti tushadiyu yiqiladi. Parot. Parot.