Tokio-2020: Dastlabki kun natijalari

  • 25 avgust, 2021, 17:00
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 1
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Bugun Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarining dastlabki kunida 5 nafar o‘zbekistonlik paralimpiyachi para suzish sport turi bo‘yicha bahslarda ishtirok etdi.

Tecno

Erkaklar o‘rtasida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha Islam Aslanov va Muzaffar Tursunxo‘jaev saralashdan muvaffaqiyatli o‘tdi. Finalda esa Islam 3-o‘rinni, Muzaffar 5-o‘rinni qayd etdi. Aslanov 57.12 soniya, Tursunxo‘jaev 57.44 soniya vaqt sarfladi.

Ayollar o‘rtasida 100 metr masofaga batterflyay usulida suzish bo‘yicha bahslarda 3 nafar   hamyurtimiz – Shohsanamxon Toshpo‘latova, Nigoraxon Mirzohidova hamda Muslima Odilova ishtirok etdi. Afsuski, ular orasida faqatgina Shohsanamxon Toshpo‘latova finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi. Shoxsanamga hal qiluvchi final bosqichida biroz omad etishmadi va u 1:06.21 soniya vaqt bilan 4-o‘rinni egalladi.

Eslatib o‘tamiz, Tokio-2020 yozgi Paralimpiya o‘yinlarini Uzreport TV telekanali orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri efirda tomosha qilishingiz mumkin.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!
&
Турсун Ғани
25/08/2021 21:12
Омад тилаб қоламиз. Бугунча бир бронза нақд экан. Эртадан бошлаб Олтин у, кумишлар ҳам жамғармамизга насиб қилсин. Олға спортчилар....