"Tokio-2020" jadvalidagi juz’iy o‘zgarishlar

  • 26 noyabr, 2020, 21:57
  • Baxtiyorjon Toshtemirov
  • 0
  • Olimpizm
CHERY AUTO

Yaponiyada joriy yilgi yoz odatdagidek isib ketmaganiga qaramay, tashkilotchilar hanuz o‘yinlar paytida tabiiy anomaliyalardan xavotirda. Shu sababli, Odayba dengiz parkida suzuvchi-marafonchilar bahsining boshlanishi dastlab rejalashtirilganidan yarim soat oldin – soat 6:30da (Tokio vaqti bilan) boshlanadi. Musobaqa ishtirokchilari taxminan 9:10da marraga etib keladilar. O‘n kilometrlik masofani ayollar 4 avgustda, erkaklar esa bir kundan keyin bosib o‘tishadi.

Tecno

Eslatib o‘tamiz, koronavirus pandemiyasidan oldin "Tokio-2020" tashkiliy qo‘mitasini jiddiy tashvishga solayotgan asosiy muammo aynan issiqlik edi. Ko‘rfazdagi suvni sovutish uchun maxsus ekranlar va tribunalarda sun’iy qor ishlab chiqaradigan mashinalar o‘rnatilishi rejalashtirilgandi.

Xuddi shu sababga ko‘ra, o‘tgan yili engil atletika (asosan uzoq masofalar), ot sporti, regbi-7, triatlon va mautinbayk bo‘yicha Olimpiya musobaqalarining boshlanish vaqti erta tongda yoki kechqurunga kechiktirildi. Tokiodan 800 kilometr shimolda joylashgan Sapporoda marafon ishtirokchilari va yuruvchilar medallar uchun kurash olib boradilar.

Badiiy gimnastika va engil atletika musobaqalari jadvalidagi so‘nggi o‘zgarishlar shunchaki operativ xarakterga ega va bu borada Xalqaro gimnastika federatsiyasi (FIG) va Xalqaro engil atletika federatsiyalari assotsiatsiyasi (WA) bilan kelishilgan.

Shunday qilib, yakkalik ko‘pkurash finali 7 avgust kuni soat 15:20 dan 18:00gacha, guruh finali esa ertasi kuni soat 11:00 dan 12:55 gacha bo‘lib o‘tadi. Balandlikka sakrash, 10000 metrga yugurish va ayollar o‘rtasida 4x400 estafeta, shuningdek, erkaklar o‘rtasida nayza uloqtirish, 1500 metrga yugurish va 4x400 estafeta bellashuvlari soat 19:00 da boshlanib, 22:00 gacha tugaydi.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!