
Tokio-2020. O‘zbekistonlik sportchilarning bugungi ishtiroki yakunlandi
Bugun iyul oyining so‘nggi kunida jami 9 nafar o‘zbekistonlik sportchi Tokio-2020 yozgi Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etdi. Ushbu sahifada siz sportchilarimizning qayd etgan natijalari bilan tarzda tanishib olishingiz mumkin.
Vakilamiz har uch mashqlar yakuni bo‘yicha 1155 ochko jamg‘arishga muvaffaq bo‘ldi. Bu bilan u ushbu dasturni 30-natijada yakunladi. Eslatib o‘tamiz, ushbu Olimpiadaga 2 ta litsenziya olgan Tohirova bungacha 10 metr masofada o‘tkazilgan dasturda ham ishtirok etgan edi.
12:01. O‘q otish. Tokio-2020 Olimpiya o‘yinlarida ishtirok etgan hamyurtimiz Muxtasar Tohirova o‘z chiqishlarini yakunladi. Bugun u 50 metrdan 3 holatda o‘q otish dasturida qatnashdi.
09:05. Boks. Erkaklar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan hamyurtimiz Elnur Abduraimov tojikistonlik raqibi Baxodir Usmonovdan ustun keldi va chorak finalga yo‘l oldi. Hamyurtimizni ushbu bosqichda armanistonlik Ovanes Bachkov kutib turibdi.
08:51. Boks. Erkaklar o‘rtasida -63 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Elnur Abduraimov qo‘shni tojikistonlik Baxodir Usmonovga qarshi ringga chiqmoqda.
Endi hal qiluvchi bellashuvga +90 kg vazn toifasida Bekmurod Oltiboev va Xenk Grol tatamiga chiqdi. Afsus, Oltiboev bu safar mag‘lub bo‘ldi. Terma jamoamiz esa musobaqani ilk bosqichdayoq tark etdi.
Ayollar o‘rtasida +70 kg vazn toifasida tatamiga chiqqan hamyurtimiz Farangiz Hojieva niderlandiyalik raqibi Guse Stinxausga yutqazib qo‘ydi. Hisob 3:3.
Afsus, erkaklar o‘rtasida -90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Davlat Bobonov raqibi Noel van Tendga mag‘lub bo‘ldi. Hisob 3:2 ko‘rinishiga keldi.
Ayollar o‘rtasida -70 kg vazn toifasida hamyurtimiz Gulnoza Matniyazova tajribali raqibi Sanne van Diykeni golden skorda mag‘lubiyatga uchratdi. Hozircha hisob 3:1, vakillarimiz oldinda.
Erkaklar o‘rtasida -73 kg vazn toifasida Hikmatilloh To‘raev raqibi Tornike Tsyakadoeaeni golden skorda mag‘lubiyatga uchratdi va terma jamoamizni hisobda oldinga olib chiqdi.
Ayollar o‘rtasida -57 kg vazn toifasida Diyora Keldiyorova raqibi Sanne Verxagenga mag‘lub bo‘ldi. Hozircha hisob 1:1.
07:51. Dzyudo. O‘zbekiston hamda Niderlandiya terma jamoalari o‘rtasidagi bellashuv boshlandi. Ilk bahsda +90 kg vazn toifasida hamyurtimiz Bekmurod Oltiboev raqibi Xenk Grolni ilk soniyalardayoq ippon bahosi bilan engdi.
Zoirov raqibini ortiqcha qiyinchiliksiz taslim qildi va chorak finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
07:30. Boks. Erkaklar o‘rtasida -52 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilayotgan bokschimiz Shahobiddin Zoirov va Kabo Verde vakili Daniel David Varela de Pina ishtirokidagi jang boshlanmoqda.
Quyida ushbu sportchilarimiz bilan tanishib olishingiz mumkin:
1.O‘zbekiston dzyudo terma jamoasi Niderlandiya terma jamoasiga qarshi jamoaviy bellashuvlarda ishtirok etadi.
2.Shahobiddin Zoirov (boks, erkaklar 48-52 kg) – 07:30
3.Muxtasar Toxirova (o‘q otish, ayollar) – 08:00
4.Elnur Abduraimov (boks, erkaklar 57-63 kg) – 08:51
PS: Dzyudo bo‘yicha jamoaviy bahslarda har bir terma jamoadan 3 nafar erkak, 3 nafar ayol, jami 6 nafardan dzyudochi ishtirok etadi.
Fikrlar