Tomas Frank: "Kubokni Londonga olib boramiz"

  • 13 avgust, 21:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

Londonning "Tottenxem" klubi bosh murabbiyi Tomas Frank UEFA Superkubogida PSJga qarshi final oldidan o‘z fikrlarini bildirdi.

Tecno

"Bu o‘yin "Tottenxem"ga aloqasi bor xamma uchun qiziq ekani ma’lum. Biz albatta ushbu bahsda qo‘limizdan kelgan barcha ishni qilamiz va kubokni Londonga olib ketish uchun bor kuchimiz bilan harakat qilamiz.

Hozirda dunyoning eng kuchli jamoasiga qarshi o‘ynashimiz kerak. Biz bunga tayyormiz. 
PSJga etarlicha kurash taklif qila olamiz. Menimcha, ular hozirda o‘zlarining eng yuqori formasida emas. Lekin biz bor e’tiborimizni o‘zimizning o‘yinimizga qaratganmiz va bo‘lajak bahsga tayyormiz",
- deya o‘z fikrini bildirib o‘tdi "shporlar" mutaxassisi.

 

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!