Tomas Frank "Tottenxem"ning mag‘lubiyatini qanday izohladi?

  • 14 dekabr, 22:48
  • Bilolbek Imomov
  • 0
  • Futbol
CHERY AUTO

"Tottenxem" bosh murabbiyi Tomas Frank Angliya Premer-ligasining 16-turi doirasida "Nottingem Forest"ga qarshi o‘yindan (0:3) so‘ng jamoa o‘yinini keskin tanqid qildi.

Tecno

— Bu juda achinarli holat. Asabni buzadigan o‘yin bo‘ldi. Ayniqsa birinchi taymda jamoa butunlay tarqoq ko‘rindi. Yakkakurashlarda etarlicha g‘alaba qozona olmadik. Keyin esa uzatmalar orqali bir-birimizni topa olmadik, to‘pni qaytarib olgan har safar uni deyarli yo‘qotib qo‘yayotgandek edik.

Aniqki, birinchi ikki gol — bu ikki qo‘pol xato, bunday holatlar uchrab turadi. Biz barqarorlik ustida ishlashimiz kerak. Bugun ikki qadam oldinga tashlab, bir qadam orqaga chekindik.

Gap alohida futbolchilar haqida emas. Biz jamoamiz: birga g‘alaba qozonamiz, birga mag‘lub bo‘lamiz. Hozir shunday o‘ynayotganimiz juda asabni qo‘zg‘atadi. Oddiy uzatmalarning o‘zida ham, menimcha, taxminan 20 marta to‘pni yo‘qotdik, — dedi Frank.

Fikrlar

Fikr qoldirish uchun avtorizatsiyadan o'ting!