
Tomas Myuller "Borussiya" ustidan hazil qildi va "Benfika"dan keyingi o‘yin haqida gapirdi
Klublar o‘rtasidagi Jahon chempionati 3-turidan o‘rin olgan uchrashuvda "Bavariya" "Benfika"ga 0:1 hisobida mag‘lub bo‘ldi. Ushbu bellashuvdan so‘ng myunxenliklar etakchilaridan biri Tomas Myuller matbuotga intervyu berdi va u erda "Borussiya" haqida hazil ham qildi.
Undan birinchi bo‘limda jamoa kayfiyati past bo‘lgani haqida so‘raldi.
"Biz nima, Dortmunddamizmi? (kuladi) Kayfiyat bilan muammo? Yo‘q, ba’zida shunchaki o‘yin yurishmaydi, kech qolasan yoki aksincha shoshasan, intensivlik etishmaydi – bunday holatlar bo‘lib turadi.
Yutqazuvchilar emas, g‘oliblar mentalitetiga ega ekanimizni yaxshi bilamiz. O‘zimizni ishonchda saqlaymiz va navbatdagi o‘yinga to‘liq ruhlanib chiqamiz, hatto havo issiq bo‘lsa ham”, — deya o‘z fikrlari bilan o‘rtoqlashdi germaniyalik futbolchi.
Eslatib o‘tamiz, "Bavariya" Jahon chempionatining pley-off bosqichida 29 iyundan 30 iyunga o‘tar kechasi soat 01:00 da "Flamengo"ga qarshi bahs olib boradi.
Fikrlar