
Tomiyasu jamoadoshiga hamdardlik bildirdi
«Arsenal»ning yaponiyalik himoyachisi Takexiro Tomiyasu jamoadoshi Gabriel Jezusning tizzasidan jarohat olib, jahon chempionatining qolgan qismini o‘tkazib yuborishidan afsusda ekani haqida gapirdi.
Eslatib o‘tamiz, braziliyalik futbolchi Kamerun bilan bahsda jarohat olgan edi.
«Jesusning jahon chempionatining qolgan qismini o‘tkazib yuborishi achinarli holat. Har bir futbolchi ushbu turnirda o‘ynashni orzu qiladi. Umid qilamanki, u tezroq maydonga qaytadi», — deydi Tomiyasu.
Ma’lumot uchun, Yaponiya terma jamoasi bugun soat 20:00da Jahon chempionatining ⅛ finalida Xorvatiya bilan o‘ynaydi. Bu juftlik g‘olibi chorak finalda Braziliya yoki Janubiy Koreya bilan to‘qnash keladi.
Fikrlar